Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Fabian Ruis: "Umid qilamanki, "Oltin to‘p" mening jamoadoshimga nasib etadi"

Fabian Ruis: "Umid qilamanki, "Oltin to‘p" mening jamoadoshimga nasib etadi"

"PSJ" va Ispaniya terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Fabian Ruis "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish favoritlari haqida gapirdi.

"Biz ajoyib natijalar ko‘rsatmoqdamiz, unvonlarni qo‘lga kirityapmiz. "Oltin to‘p" - bu mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan alohida mukofot. Hozir esa bu haqda o‘ylamayman ham.

O‘zimdan rohatlanish va kerak bo‘lganda terma jamoaga, jamoamga yordam berish haqida o‘ylayman. Hozir faqat Portugaliyaga qarshi bo‘ladigan o‘yin haqida o‘ylayapman.

Umid qilamanki, “Oltin to‘p” mening jamoadoshimga beriladi. Terma jamoadanmi yoki "PSJ"danmi farqi yo‘q. Asosiysi, bu jamoadosh, kim g‘alaba qozonsa, xursand bo‘laman", dedi Ruis.

Ertaga, 8 iyun kuni Ispaniya Millatlar ligasi finalida Portugaliya bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 16:57 07.06.2025. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!