Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Evropaliklar XOQning Rossiya va Belarus sportchilariga nisbatan sanksiyalarni yumshatish qaroriga qarshi chiqmoqda

Evropaliklar XOQning Rossiya va Belarus sportchilariga nisbatan sanksiyalarni yumshatish qaroriga qarshi chiqmoqda

Reuters agentligining xabar berishicha, YEIning to‘qqizta a’zo davlati Yevropa sport komissari Glenn Mikallefga yo‘llagan xatida Rossiya va Belarus sportchilarini qayta ishtirok etishiga ruxsat bergan sport tashkilotlarini, jumladan, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ), Butunjahon suzish federasiyasi va Xalqaro qilichbozlik federasiyasini moliyalashtirishni to‘xtatishga chaqirdi.

Xatni Estoniya, Daniya, Finlyandiya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Polsha, Ruminiya va Shvesiya imzolagan. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi o‘z qarorini himoya qilmoqda. U yerda ta’kidlashlaricha, sanksiyalarning bekor qilinishi vaqtinchalik xarakterga ega va bu tashkilotning Rossiyaga nisbatan pozisiyasining keng ko‘lamli o‘zgarganini anglatmaydi.

"XOQ murakkab voqelikda va joriy geosiyosiy vaziyatning oqibatlarini hisobga olgan holda yo‘l topishga majbur", — deydi qo‘mita vakili.

Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, XOQ Rossiyada musobaqalar o‘tkazmaydi va rossiyalik davlat rasmiylarini o‘z tadbirlariga taklif qilmaydi. Bo‘lajak Olimpiya o‘yinlarida Rossiya bayrog‘i, ranglari yoki madhiyasidan foydalanish bo‘yicha hali qaror qabul qilinmagan.

Kiritildi: 15:38 17.07.2026. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!