Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Evropalik diplomatlar isroillik ko‘chmanchilar hujumiga uchradi

Evropalik diplomatlar isroillik ko‘chmanchilar hujumiga uchradi

Iordaniyaning bosib olingan G‘arbiy Sohilida 17 oktyabr kuni yevropalik diplomatlar isroillik ko‘chmanchilarning hujumiga uchradi. Taybe qishlog‘iga zaytun hosilini yig‘ish jarayonini kuzatish uchun borgan Fransiya, Belgiya va Polsha diplomatlarining avtomashinalariga tosh otilib, oynalari sindirildi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kvadrosikllarda kelgan yetti nafar niqobli ko‘chmanchi diplomatlar mashinasini qurshab olgan va ulardan hujjat talab qilgan. Hodisa joyidan olingan videolarda avtomashinalardan birining oynasi sindirilgani va yerda bir diplomat yotgani aks etgan.

Isroil mudofaa kuchlari bu hujumni keskin qoraladi. Harbiylarning bildirishicha, konsullik tashrifi armiya bilan oldindan muvofiqlashtirilmagan. Hozirda Isroil polisiyasi holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.

Kiritildi: 23:58 17.10.2026. O'qildi: 1355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!