Evropada Rossiyaga qarshi yangi "Antanta" tuzish taklif etildi.
Fransiya, Buyuk Britaniya va Polshaga Rossiyaga qarshi mudofaa ittifoqini shakllantirishlari tavsiya qilinmoqda. Bu ittifoq Yevropa xavfsizligining asosiga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Shveysariyaning Neue Zuercher Zeitung (NZZ) portali xabar berdi.
Mualliflar fikricha, bunday ittifoq 1904 yilda Germaniya imperiyasining tajovuziga qarshi turgan va 1907 yilda Rossiyaning "Antanta"ga qo‘shilishiga zamin yaratgan Fransiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi kelishuvni eslatishi lozim.
"Antanta"ning zamonaviy talqini Fransiya, Buyuk Britaniya va Polshani qamrab olishi kerak. Bunda Polsha, Yevropaning eng qudratli quruqlik qo‘shini sifatida, Rossiya imperializmiga qarshi kurashda yetakchi o‘rin egallashi ko‘zda tutilgan.
NZZ ta’kidlashicha, Fransiya, Buyuk Britaniya va Polsha Yevropa mudofaasining markaziga aylanishi, NATO esa ularning harakatlarini muvofiqlashtirib turishi kutilmoqda.