Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropa qo‘shin to‘pladi. Ular Ukrainaga yuborilishi mumkin

Evropa qo‘shin to‘pladi. Ular Ukrainaga yuborilishi mumkin

Fransiya va Britaniya allaqachon Ukrainaga yuborilishi mumkin bo‘lgan 25 ming kishilik harbiy kontingentni to‘plaganini Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko ma’lum qildi.

Bundan oldin Associated Press Yevropaning bir qator mamlakatlari, jumladan Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainaga qo‘shin yuborish rejasi ustida ish olib borayotgani haqida xabar bergan edi.

"AQShning xavfsizlik ustuvorliklari boshqa joyda ekanligidan tobora ko‘proq tashvishlanayotgan Yevropa mamlakatlari guruhi Rossiya bilan kelajakdagi har qanday tinch kelishuvni ta’minlashga ko‘maklashish uchun Ukrainaga qo‘shin yuborish rejasi ustida jim ishlamoqda. Garchi tafsilotlar kam bo‘lsa-da, Buyuk Britaniya va Fransiya bu harakatlarning oldingi safida turibdi," deya ta’kidladi nashr.

Materialda ta’kidlanishicha, muzokaralarda ishtirok etayotgan mamlakatlar o‘z rejalarini oshkor qilishni va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uch yil oldin boshlagan urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga rozi bo‘lsa, unga ustunlik berishni istamayapti.

Kiritildi: 20:36 16.02.2025. O'qildi: 2166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!