Bryusseldagi musulmon koalitsiyasi qirg‘inni to‘xtatish uchun xalqaro jamoatchilikka murojaat qildi.
Evropaning yirik musulmon tashkilotlari Isroilning G‘azo sektorida amalga oshirayotgan harbiy harakatlarini keskin qoralab chiqdi. Ular ushbu harakatlar faqat qurolli to‘qnashuv emas, balki fuqarolar va infratuzilmaga qarshi bosqichma-bosqich yo‘q qilish siyosatini aks ettirishini ta’kidlashdi.
Bryusselda yig‘ilgan ko‘plab musulmon muassasalar vakillari birlashgan holda bayonot berib, G‘azodagi aholi, jumladan, bolalar, ayollar va keksalarga qarshi qilingan hujumlarni «vaxshiy kampaniya» deb atadi. Ular bu holatni xalqaro huquq normalariga zid, insonparvarlik me’yorlariga qarshi harakat sifatida baholashdi.
Bayonotda 15 mingdan ortiq masjidni qamrab olgan tashkilotlar Germaniya, Fransiya va Norvegiyadagi yetakchi musulmon kengashlari tomonidan imzolangan. Ular jahon hamjamiyatini zudlik bilan otishmalarni to‘xtatish, siyosiy mahbuslarni ozod qilish va G‘azoga cheklovsiz insonparvarlik yordamini ta’minlashga chaqirdi.
Tashkilotlar ayni paytda xalqaro maydonda mustaqil Falastin davlatini rasman tan olish masalasini ham kun tartibiga qo‘yish lozimligini ta’kidladi. Ular xalqaro tuzilmalar Isroil harakatlarini genosid sifatida baholaganini eslatdi.
Evropa musulmonlari o‘z pozisiyasi orqali G‘azodagi vaziyatga e’tiborni kuchaytirishni va halokatli oqibatlarni bartaraf etish uchun jiddiy diplomatik sa’y-harakatlar boshlanishini istamoqda.