Bugun tunda UYEFA Yevropa ligasi finalida "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" o‘zaro bellashadi.
Evrokubokning final o‘yini oldidan "shporlar" va "qizil iblislar" o‘rtasidagi yuzma-yuz qarama-qarshilik haqida qiziqarli faktlar e’lon qilindi.
"Manchester Yunayted" so‘nggi bor "shporlar"ni barcha musobaqalarda 2022 yilning oktyabr oyida mag‘lub etgandi. O‘shanda "mankunianliklar" safida Fred va Brunu Fernandesh gol urishgandi. O‘shandan beri jamoalar o‘zaro olti marta, besh marta APLda va bir marta Liga kubogida o‘ynashgan. Oltita o‘yindan faqat ikkitasida durang qayd etilgan bo‘lsa, qolgan to‘rttasida "shporlar" g‘alabani nishonlashgan. Joriy mavsumda jamoalar uch marta o‘ynagan bo‘lib, London klubi uchta o‘yinda ham g‘alaba qozongan.