Yevropa Ittifoqining 11 ta davlati Bryusselni rossiyaliklarga Shengen vizalari taqdim etishni kuchaytirishga chaqirdi — Politico.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tashabbuskorlar asosan Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha, Chexiya, Daniya, Finlyandiya, Niderlandiya, Shvesiya, shuningdek, Islandiya va Norvegiya bo‘ldi.
Ular viza cheklovlarini kuchaytirishni talab qilmoqda va bunga viza berish hajmi oshganini sabab qilib ko‘rsatyapti: 2025 yildagi 623 mingta viza bir yil oldingi 565 mingtaga qarshi bo‘lmoqda. Viza berish bo‘yicha Fransiya, Italiya va Ispaniya yetakchilardan bo‘ldich deyiladi xabarda.