Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Ukrainaga armiyasiga yordamni 5 milliard yevroga oshirishga qaror qildi

A A A
Evropa Ittifoqi Ukrainaga armiyasiga yordamni 5 milliard yevroga oshirishga qaror qildi

Evropa Kengashi o‘tgan hafta Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan erishilgan maxsus yordam jamg‘armasi orqali Ukraina Qurolli kuchlariga YEIning yordamini 5 milliard yevroga oshirish bo‘yicha kelishuvni ratifikasiya qildi. Bu haqda 18 mart kuni Yevropa Kengashi tegishli bayonotini e’lon qildi.

"Ushbu jamg‘arma bilan biz Ukrainani Rossiyaning agressiyasidan himoya qilishda davom etamiz", — deya ta’kidladi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel.

Reuters agentligining xabar berishicha, qo‘shimcha besh milliard yevro ma’qullanganidan keyin YEI tomonidan Ukraina armiyasiga ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 2021-2027 yillar uchun 17 milliard yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 10:13 19.03.2024. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!