Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Evropa Kengashi Rossiyaning “soya floti”ga aloqadorligi uchun rossiyalik jismoniy shaxslar va tashkilotlarga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi. Ular qatoriga yana 5 nafar jismoniy shaxs va 4 ta tashkilot kiritildi.
Ro‘yxatga Rossiyaning yirik neft kompaniyalari — “Rosneft” va “Lukoyl” bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan biznesmenlar ham kiritilgan.
"Ular Rossiyadan eksport qilinayotgan xom neft va neft mahsulotlarini tashuvchi kemalarni nazorat qiladi, neftning haqiqiy kelib chiqishini yashiradi hamda tartibsiz va yuqori xavfli kema yuritish amaliyotlaridan foydalanadi", deyiladi Yevropa Kengashi matbuot relizida.
Yangi cheklov choralari, shuningdek, BAA, Vyetnam va Rossiyada joylashgan, allaqachon sanksiyaga tushgan “soya floti” tankerlariga egalik qiluvchi yoki ularni boshqaruvchi kompaniyalarga ham tatbiq etiladi.