EI elchilari bugun Rossiya gazini 2027 yil oxirigacha bosqichma-bosqich to‘xtatish rejasini tasdiqladi. Bu taqiqni qonun sifatida qabul qilishdan oldingi muhim bosqich hisoblanadi.
Kelishuvga ko‘ra, Rossiyadan dengiz orqali keladigan suyultirilgan tabiiy gaz (SPG) 2026 yil oxirigacha to‘xtatiladi. Quvur orqali yetkaziladigan gaz 2027 yil 30 sentyabrgacha bosqichma-bosqich bekor qilinadi.
📑 Taqiq kuchga kirishi uchun YEI energetika vazirlari va Yevropa Parlamenti tomonidan rasmiy tasdiq talab etiladi. Parlament kelasi hafta ovoz beradi, vazirlar esa kelasi yil boshida ma’qullashi kutilmoqda.