Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiya energiya manbalaridan voz kechish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni taqdim etdi

Evropa Ittifoqi Rossiya energiya manbalaridan voz kechish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni taqdim etdi

Evropa Komissiyasi (EK) seshanba kuni Rossiya nefti, gazi va yadroviy energiyasini Yevropa bozorlaridan bosqichma-bosqich chiqarishni ko‘zda tutadigan maxsus “yo‘l xaritasi” loyihasini e’lon qildi. Bu haqda YEKning energetika masalalari bo‘yicha komissari Dan Yorgensen Strasburgda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bugun biz ‘yo‘l xaritasi’ni ma’qulladik va kelasi oyda Yevropa Komissiyasiga tegishli qonunchilik takliflarini taqdim etamiz”, — dedi Yorgensen.

EK nashriga ko‘ra, mazkur “yo‘l xaritasi” Rossiya nefti, gazi va yadroviy energiyasini YEI bozorlaridan “hamkorlikda, bosqichma-bosqich va xavfsiz ravishda chiqarib borish”ni nazarda tutadi.

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar YEIda energiya yetkazib berish xavfsizligini ta’minlash, narx va bozorlarga bo‘lgan ta’sirni cheklash maqsadida ishlab chiqilgan.

Rejaga ko‘ra, 2030 yilgacha Yevropa Ittifoqi 100 milliard kub metrgacha tabiiy gazni boshqa manbalar bilan almashtirishi kutilmoqda. 2027 yilgacha esa 40–50 milliard kub metr gaz iste’moli kamaytirilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 2028 yilga qadar YEIning suyultirilgan tabiiy gaz (SPG) import quvvati taxminan 200 milliard kub metrga yetkazilishi rejada — bu hozirgi Rossiya gazi importidan 5 barobar ko‘p.

Kiritildi: 19:22 06.05.2025. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!