Bu haqda Euronews xabar berdi.
Rossiya pravoslav cherkovi rahbari Yevrokomissiya tomonidan taqdim etilgan antirossiya sanksiyalarining yangi paketiga kiritilgan, deb xabar bermoqda nashr manbalari.
Eslatib o‘tamiz, YEI 2022 yilda ham patriarx Kirillni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritishga uringan edi, biroq ushbu qaror Vengriya tomonidan bloklangan.
Avvalroq Politico Yevropa Ittifoqi yangi sanksiyalar paketi doirasida yashirin flot, Rossiya banklari va RPCga bosimni kuchaytirish niyatida ekanligini yozgan edi.
Ukrainada harbiy operasiya boshlanganidan keyin patriarx Kirillga qarshi Kanada, Buyuk Britaniya, Chexiya va Litva sanksiyalar kiritdi. 2022 yilda uni Yevropa sanksiyalariga kiritish taklif qilingan edi, ammo Vengriya talabi bilan bu amalga oshmadi.