Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Kengashi Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida foizsiz kredit ajratishni ma’qulladi

Evropa Ittifoqi Kengashi Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida foizsiz kredit ajratishni ma’qulladi

Evropa Ittifoqi Kengashi Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida foizsiz kredit ajratishni ma’qulladi — Deutsche Welle.

Bu qaror Yevropa Ittifoqi davlatlari elchilari tomonidan qabul qilindi, deya xabar bermoqda nashr.

Ukrainaga foizsiz kredit ajratish haqida dekabr oyida bo‘lib o‘tgan YEI sammitida kelishib olingan edi. Yevrokomissiya uni 14 yanvar kuni tasdiqlagan.

"Mablag‘ning uchdan bir qismini Ukraina byudjetini qo‘llab-quvvatlashga, qolgan 60 milliard yevroni esa harbiy yordamga yo‘naltirish taklif etilgan. Mablag‘lar 2026 yilning birinchi choragida Kiyevga o‘tkazilishi rejalashtirilgan", deya yozmoqda Deutsche Welle.

Kiritildi: Bugun 19:59. O'qildi: 174 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!