Evropa Ittifoqining 27 davlati tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga harbiy yordamni 5 milliard yevroga oshirishga kelishib oldilar.
Bu haqda YEI kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun Yevropa Kengashi Yevropa tinchlik jamg‘armasining moliyaviy chegarasini 5 milliard yevroga oshirishga va Ukrainaga maxsus yordam jamg‘armasi tashkil etish orqali ushbu to‘ldirishni Ukrainaga ajratishga qaror qildi”, — deyiladi bayonotda.