«Barselona»ning braziliyalik hujumchisi Rafinya Dias Fransiyaning «PSJ» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda ElNacional.cat nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar Rafinyaning transferi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratishga tayyor. Qayd etilishicha, agar «Barselona» ushbu kelishuvga rozi bo‘lsa, o‘z moliyaviy muammolarini batamom hal etishi va La Liganing «1:1» moliyaviy qoidasiga qayta olishi mumkin bo‘ladi.
Joriy mavsumda 29 yoshli Rafinya barcha musobaqalarda jami 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Rafinyaning ayni damdagi bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.