Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Evropa diplomatlari Lavrov bilan birga suratga tushishdan bosh tortdi

Evropa diplomatlari Lavrov bilan birga suratga tushishdan bosh tortdi

AQShning Atlanta shahrida o‘tkazilgan G20 tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida diplomatik kelishmovchilik yuzaga keldi. Bir qator davlatlar vakillari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan birga suratga tushishdan bosh tortdi.

30 oktyabr kuni AQSh davlat kotibi Marko Rubio raisligida boshlangan uchrashuvda Yevropa davlatlari, shuningdek, Avstraliya va Kanada vakillari an’anaviy jamoaviy suratga tushishga e’tiroz bildirgan. Natijada tashkilotchilar marosimni bekor qildi.

AQSh Davlat departamenti bu qarorni suratga tushish atrofidagi kelishmovchiliklar asosiy muzokaralarga xalaqit bermasligi uchun qabul qilganini ma’lum qildi.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Ed Miliband yig‘ilishda Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini tanqid qilib, Moskvaga nisbatan iqtisodiy va diplomatik bosimni kuchaytirishga chaqirdi.

«Bu urushda kim tajovuzkor ekanini hammamiz yaxshi bilamiz», — dedi britaniyalik diplomat.

Miliband G20 davlatlari Ukrainada adolatli va barqaror tinchlik o‘rnatish uchun ko‘proq harakat qilishi zarurligini ta’kidladi.

E’tiborlisi, avvalgi yillarda G20 yig‘ilishlariga taklif etib kelingan Ukraina delegasiyasi bu galgi uchrashuvda ishtirok etmadi. AQSh tomoni bu qarorni yig‘ilishga faqat tashkilot a’zolarini taklif qilish siyosati bilan izohladi.

Kiritildi: Bugun 13:44. O'qildi: 119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!