Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa davlatlari Rossiya bilan qurollarni cheklash va ishonchni tiklash bo‘yicha muloqotni qanday olib borish haqida o‘ylashlari kerak

Evropa davlatlari Rossiya bilan qurollarni cheklash va ishonchni tiklash bo‘yicha muloqotni qanday olib borish haqida o‘ylashlari kerak

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi:

Biz Qora dengizdan Arktikagacha bo‘lgan hududlardagi xavfsizlik arxitekturasini qayta ko‘rib chiqishimiz, o‘zimizni qay darajada himoya qilishga va Rossiya bilan qurollanishni cheklash va ishonchni tiklash bo‘yicha qanday shartlar asosida muloqot qilishga tayyorligimizni aniqlashimiz kerak. Bu haqda hozirdan o‘ylash kerak!

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu Yevropa mamlakatlariga global xavfsizlik bo‘yicha kengaytirilgan muzokaralarni muvaffaqiyatli o‘tkazishga yordam beradi. Makronning qayd etishicha, hozirda Yevropa Ittifoqi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun qayta qurollanishi kerak.

Avvalroq Bloomberg agentligi yevropaliklar xavf tug‘ilgan taqdirda NATO ularni himoya qila olmasligidan xavotirda ekanini ma’lum qilgandi. Vaziyat Yevropa Ittifoqining yetarli mudofaa resurslariga ega emasligi bilan murakkablashmoqda.

Kiritildi: 22:35 25.06.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!