Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Evrokomissiya TikTok’ni foydalanuvchilarda psixologik muammolarni kuchaytirishda aybladi

Evrokomissiya TikTok’ni foydalanuvchilarda psixologik muammolarni kuchaytirishda aybladi

Evropa Komissiyasi TikTok tavsiya algoritmlari Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi Yevropa qonunini (DSA) buzayotgani haqida dastlabki xulosaga keldi. Regulyatorning fikricha, cheksiz aylantirish (scroll) va shaxsiylashtirilgan tavsiyalar tizimi xavotirlik, depressiya, ovqatlanish xulq-atvorining buzilishi hamda o‘z tashqi ko‘rinishidan norozilik kayfiyatini kuchaytirishi mumkin. Ayniqsa, voyaga yetmagan foydalanuvchilar eng zaif qatlam hisoblanadi.

Bryusselda «quyon ini effekti» (rabbit hole effect) deb atalaluvchi holatdan xavotir bildirilmoqda: yolg‘izlik, ozsh yoki tashqi ko‘rinishdagi muammolar haqidagi videolarni tomosha qilgan foydalanuvchilarga algoritm tomonidan yanada ko‘proq shunga o‘xshash materiallar taklif etila boshlanadi.

«Foydalanuvchi har safar lentani aylantirganda yoki “Layk” tugmasini bosganda, algoritm unga yanada ko‘proq shu kabi kontentni tavsiya qiladi va chiqib ketish qiyin bo‘lgan “quyon ini”ga tortib ketadi», — dedi Yevrokomissar Xenna Virkkunen.

Evrokomissiya TikTok’dan «Siz uchun» (For You) tavsiyalar lentasi ishlash tartibini o‘zgartirishni va foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan materiallarni nazorat qilish uchun kengroq imkoniyatlar berishni talab qilmoqda. Qoidabuzarliklar tasdiqlansa, Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli bo‘lgan platformaga uning dunyo bo‘yicha yillik aylanmasining 6 foizigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

Kiritildi: 23:26 06.11.2026. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik