Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Evrokomissiya rahbari Isroilni qo‘llagani uchun diplomatlarning jahli chiqdi

Evrokomissiya rahbari Isroilni qo‘llagani uchun diplomatlarning jahli chiqdi

Evropa Ittifoqining ayrim mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Yevrokomissiya rahbaridan norozi — Ursula fon der Lyayen Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan suhbatda yahudiy davlatini qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Bu haqda Politico o‘z manbalariga asoslanib yozdi.

EIga a’zo davlatlardan birining TIV rahbari ta’kidlashicha, o‘zini mudofaa qilish huquqi va boshqa mamlakatga nisbatan harbiy harakatlar boshlash — butunlay boshqa-boshqa tushunchalar. Yana bir diplomat esa fon der Lyayenni «yakka yugurish»da aybladi, negaki, boshqa mamlakatlarning pozisiyalarini muhokama qilmasdan Isroilni qo‘llab-quvvatlash qarori chiqarilgan.

EIning faqat 10–15 mamlakati yahudiy davlati bilan birdamligini bildirgan (tashkilot a’zolari jami 27 ta), qarashlar o‘rtasida katta jarlik borligi ko‘rinib turibdi.

Ta’kidlanishicha, Yevroittifoq bosh diplomati (EI Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vise-prezidenti) Kaya Kallas ham Ursula fon der Lyayenning o‘zini mudofaa qilish haqidagi pozisiyasini qo‘llamagan va nizoni muzokaralar yo‘li bilan hal etishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronning yadroviy va harbiy ob’ektlariga hujum boshlagan edi. O‘z navbatida, Eron ham Isroilga raketalarda javob berishga kirishdi. O‘rtada ikki mamlakatning oddiy aholisi jabrini tortmoqda.

Isroil-Eron urushi davom etmoqda...

Kiritildi: 16:34 18.06.2025. O'qildi: 3483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!