Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Evrokomissiya YEI mudofaa sanoatini mustahkamlash uchun 910 million yevro ajratadi

Evrokomissiya YEI mudofaa sanoatini mustahkamlash uchun 910 million yevro ajratadi

Evrokomissiya Yevropa Ittifoqining mudofaa sanoatini mustahkamlash, jumladan, harbiy harakatchanlik va uchuvchisiz mudofaa uskunalarini ishlab chiqarish uchun 910 million yevro ajratadi; Ukraina loyihalarda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Evropa Ittifoqi vakili Tomas Rayner Bryusseldagi brifingda mablag‘lar mudofaa sohasidagi 62 ta loyihani moliyalashtirishga yo‘naltirilishini aytdi.

"Evropa Komissiyasi Yevropada kuchli va innovasion mudofaa sanoatini yaratish uchun Yevropa mudofaa jamg‘armasi doirasida 910 million yevro sarmoya kiritmoqda. Bu sarmoyalar mobillik, uchuvchisiz samolyotlardan himoyalanish kabi sohalardagi asosiy kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Bundan tashqari, birinchi marta Ukraina mudofaa sanoatini bunday loyihalar bilan bog‘lash mumkin", — deyiladi hujjatda.

Kiritildi: 17:57 30.04.2025. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!