Evrokomissiya Rossiyaga qarshi tayyorlangan 20-sanksiyalar paketi loyihasidan Rossiya neftini tashish bilan bog‘liq cheklovlarni chiqarib tashladi. Bu haqda TASS agentligiga Bryusseldagi diplomatik manba ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, Yevroittifoqqa a’zo 27 davlat elchilari ko‘rib chiqishi uchun taqdim etilgan hujjatda avval ko‘zda tutilgan bir qator muhim taqiqlar olib tashlangan.
«Evrokomissiya Rossiyaga nisbatan 20-sanksiyalar paketini qabul qilish taklifini kiritdi, biroq undan Rossiya neftini (Evropa tashuvchilari tomonidan) tashishni to‘liq taqiqlash bandi chiqarilgan», — deydi manba.
Shuningdek, cheklovlar ro‘yxatidan ushbu tashish jarayonlari uchun xizmat ko‘rsatish, jumladan, yuklarni sug‘urtalash bilan bog‘liq bandlar ham olib tashlangani aytilmoqda.