Evropa Ittifoqi Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmaguncha, Yevropa xavfsizligiga oid muzokaralarni boshlashga tayyor emas.
Bu haqda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Buxarestda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Bryussel Ukrainada sulh o‘rnatilguniga qadar Yevropa xavfsizlik tizimi bo‘yicha muloqotga qarshi chiqishda davom etadi.
«Evropa xavfsizligi arxitekturasiga oid har qanday mazmunli muhokamalar faqat Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga erishilganidan keyin o‘tkazilishi mumkin», — dedi fon der Lyayen.