Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Evroittifoq AQShning Tramp tomonidan joriy qilingan bojlariga javoban chora ko‘rmoqchi – Financial Times

Evroittifoq AQShning Tramp tomonidan joriy qilingan bojlariga javoban chora ko‘rmoqchi – Financial Times

Hashrning uchta amaldorga tayanib yozishicha, Yevropa Ittifoqi boshqa standartlar asosida ishlab chiqarilgan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu choralar Trampning Yevropadan AQShga import qilinadigan barcha mahsulotlarga 10–20% boj solish haqidagi tahdidlariga javoban bildirilgan.

Manbalarga ko‘ra, Yevrokomissiya kelasi hafta importga nisbatan yanada qattiqroq cheklovlar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi. Dastlabki bosqichda cheklovlar Yevropa Ittifoqi fermerlariga taqiqlangan pestisidlar yordamida yetishtirilgan soya kabi mahsulotlarga ta’sir qilishi mumkin.

Evropa Ittifoqining sog‘liqni saqlash bo‘yicha komissari Oliver Varxeli yanvar oyida FT nashriga bergan intervyusida:
"Pestisidlar tarkibidagi kanserogenlar, mutagenlar yoki endokrin tizimga zarar yetkazadigan moddalar YEI hududiga import qilinadigan mahsulotlarda bo‘lmasligi kerak," — deb ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 18:43 16.02.2025. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!