Isroilning G‘azoga qarshi shafqatsiz urushi falastinlik bolalarga og‘ir zarar etkazmoqda.
G‘azoga qarshi davom etayotgan Isroil urushidan eng ko‘p jabr ko‘rganlar orasida bolalar ham bor.
Ularning ko‘pchiligi halok bo‘ldi, yaralandi va yetim qoldi. Minglab bolalar qo‘l-oyoqlarini yo‘qotgani va og‘ir ruhiy jarohatlardan aziyat chekayotgani ko‘zga tashlanmoqda.
UNRWA vakili ta’kidlaganidek, G‘azo aholisining 51 foizini bolalar tashkil etadi va 2023 yil 7 oktyabrda bosqin boshlanganidan beri halok bo‘lganlarning eng katta qismini aynan ular tashkil qiladi.
G‘azodagi ko‘plab bolalar uchun ko‘chish juda og‘ir oqibatlarga olib keldi.
Ular bir necha bor ko‘chirilgan, o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan va hozirda odamlar bilan to‘lib-toshgan boshpana va chodirlarda, vayron bo‘lgan uylari va turar-joy binolari xarobalari ustida yashashga majbur bo‘lmoqda.
Biz G‘azo sog‘liqni saqlash tizimining minglab yarador bolalarga zaruriy yordam ko‘rsatishda qiynalayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bu bolalar mahalliy darajada yetarli tibbiy yordam ololmayapti va ular juda tez, zudlik bilan hududdan tashqariga olib chiqilishi kerak.