O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi pasportlar (nobiometrik) o‘z kuchini yo‘qotgani ta’kidlangan.
Shu munosabat bilan muddati o‘tgan yoki o‘tmagan eski namunadagi pasport egalari O‘zbekistonning AQShdagi vakolatxonalari (elchixona va konsulxona) orqali vatanga qaytish uchun O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishi kerak ekani aytildi.