Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ertaga barcha davlat tashkilotlarida “svet” bir soatga o‘chadi

Ertaga barcha davlat tashkilotlarida “svet” bir soatga o‘chadi

Ertaga, 25 mart kuni “Er soati” munosabati bilan barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga o‘chiriladi.

Bu 25 mart – “Er soati” kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan maxsus aksiya hisoblanib, bundan maqsad – tabiiy resurslarni asrash va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.

“Barchangizni ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqiramiz”, deyiladi Ekologiya vazirligi bayonotida.

Ma’lumot uchun ushbu tadbir 2007 yilda Jahon Yovvoyi tabiat fondi (WWF) tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, tashkilotchilar ekologik muammolardan tashvishlanish ramzi sifatida sayyora aholisini 60 daqiqaga chiroq va maishiy elektr uskunalarini o‘chirib qo‘yishga chaqiradi. “Er soati” har yili xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan yirik ekologik aksiya hisoblanadi. Bunda hattoki butun dunyo bo‘ylab mashhur bino va obidalarni yoritib turuvchi chiroqlar ham o‘chiriladi.

Kiritildi: 16:16 24.03.2025. O'qildi: 1097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!