Abituriyentlar 8 avgust soat 23:59 gacha tanlagan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashi yoki avvalgi tanlovini o‘zgartirishi mumkin.
Bu muddatgacha yo‘nalish tanlamaganlar tanlovda ishtirok etmaydi va to‘plagan balli qancha bo‘lishidan qat’i nazar, o‘qishga kira olmaydi.
Shuningdek, mutaxassislar texnik nosozliklarga duch kelmaslik uchun yo‘nalishni so‘nggi daqiqalarda emas, oldinroq tanlash yoki o‘zgartirishni tavsiya qilmoqda.