Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Eronning yadroviy qurol yaratishiga "bir necha hafta" qolgandi — AQSh prezidenti

Eronning yadroviy qurol yaratishiga "bir necha hafta" qolgandi — AQSh prezidenti

Donald Tramp bu haqda Oq uyda jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Jurnalistlar prezidentdan Qo‘shma Shtatlarning Isroil va Eron o‘rtasidagi urushga qo‘shilishi haqida so‘rashganda, u o‘zi ham bu urushga aralashishni istamasligini aytdi.

"Men bu urushga aralashishni xohlamayman, lekin 20 yildan beri, balki undan ham ko‘proq vaqtdan beri Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytib kelmoqdaman. Menimcha, Tehron bunday qurolni yaratishiga atigi bir necha hafta qolgandi. Eron kelishuv tuzishi kerak edi. Men ularga ajoyib kelishuv taklif qildim. Tehron bu bitimni qabul qilishi kerak edi, lekin ular buni rad etishga qaror qilishdi, endi esa bundan afsuslanishyapti", — dedi Tramp.

AQSh prezidenti, shuningdek, Eronda hukumatning o‘zgarishi ehtimolini ham inkor etmadi va "har qanday holat sodir bo‘lishi mumkinligi"ni ta’kidladi.

Kiritildi: 12:42 19.06.2025. O'qildi: 747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!