Rafael Grossi bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agentlik tomonidan to‘plangan ma’lumotlar harbiy harakatlar uchun asos bo‘lishi ehtimoldan yiroq”.
"Boshlangan harbiy harakatlarning sababi siyosiy qaror bo‘lib, MAGATE tomonidan berilgan bayonot va ma’lumotlar bilan bog‘liq emas", — deya ta’kidladi Grossi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Eronni birinchi marta nishonga olganida, MAGATE hisobotiga tayanib, Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmagan davlatlar uchun belgilangan me’yorlardan yuqori darajada uran boyitayotganini ma’lum qilgan edi.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Eron "yadroviy qurol yaratishga juda yaqin" ekanini aytgandi. Biroq, AQSh razvedkasi Eron hali yadroviy qurol yaratish qarorini qabul qilmaganini va undan ancha yiroqligini bildirgan.