Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Eronning Isroilga tonggi hujumlari oqibatida jarohatlanganlar soni 65 kishiga yetdi

Eronning Isroilga tonggi hujumlari oqibatida jarohatlanganlar soni 65 kishiga yetdi

Eronning tongdagi zarbalari to‘rt joyda nishonga yetib borgan. Uchta zarba Markaziy Isroilda, xususan Tel-Aviv atrofidagi Gush Dan hududida qayd etilgan. Holon shahridagi bir bino butunlay qulab tushgani haqida xabarlar bor. Yana bir zarba Soroka kasalxonasi yaqinidagi hududga berilgan.

Bu kasalxona — Isroildagi eng yirik tibbiyot markazlaridan biri bo‘lib, ayni paytda G‘azodan keltirilgan yarador askarlarni qabul qilmoqda. Raketalar bevosita kasalxonani nishonga olmagan, balki yonidagi binoga zarba berilgan. Biroq kasalxonaning o‘zi ham kuchli zarar ko‘rgan va tibbiyot xodimlari aholiga u yerga yaqinlashmaslikni so‘ragan.

Bundan tashqari, payshanba kuni Eron raketalari Tel-Aviv mintaqasidagi Ramat Gan hududiga va Fond birjasi binosiga ham zarar yetkazgan.

Eron rasmiy axborot agentligi (IRNA) bergan bayonotida, bugungi tongdagi raketa hujumining “asosiy nishoni” — Isroil armiyasi bosh shtabi va razvedka markazi (IDF C4I ) bo‘lib, u Gav-Yam texnologik parkida joylashganini bildirgan. Bu ob’ekt Be’er-Sheva shahridagi “Soroka” kasalxonasi yonida joylashgan.

IRNA'ga ko‘ra, kasalxonaga yetgan zarar faqat zarbaning portlash to‘lqinlari oqibatida kelib chiqqan, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri nishonga olinmagan. "Harbiy infratuzilma aniq va bevosita nishonga olingan", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:04 19.06.2025. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!