Abbos Aroqchining bayonotiga ko‘ra, mamlakat rahbariyati Vashington bilan hech qanday muzokara olib bormaydi, chunki AQSh “Eron hududiga qarshi Isroil tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning sherigi” hisoblanadi.
Aroqchi, shuningdek, Isroil G‘azo sektoridagi shifoxonalarga ataylab zarba berganini aytib, Eron hech qachon tinch aholiga, ayniqsa shifoxonalarga hujum qilmasligini ta’kidladi.
Bugun Eron TIV rahbari Jenevada Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Oq uy AQSh prezidenti Donald Tramp Eron muzokaralarni boshlashi uchun ikki haftalik “imkoniyat” qoldirayotganini bildirgandi.