The New York Times yozishicha, Eronda hukumat va siyosiy doiralarda yadro quroli yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchilar soni ortib bormoqda.
Ilgari radikal g‘oya sifatida qaralgan yadro quroli yaratish endi AQSh va Isroilning kelajakdagi ehtimoliy hujumlarini tiyib turishning yagona samarali vositasi sifatida ko‘rila boshlagan.
Jamoatchilik bosimi va diniy yetakchilarning bayonotlari Tehronni uzoq yillik tinchlik doktrinasini qayta ko‘rib chiqishga va Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish haqida o‘ylashga majbur qilmoqda.