Eron hukumati Shahid Rajai portidagi portlash bilan aloqador ikki kishini hibsga oldi.
Bu haqda SNN telekanali ma’lum qildi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan biri xususiy korxonada ishlaydi, ikkinchisi davlat xizmatchisi sifatida ro‘yxatga olingan.
Tergov davom etmoqda; Hodisaning barcha holatlarini aniqlashtirish uchun "qo‘shimcha tadqiqotlar" talab qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 26 aprel kuni Bandar Abbos shahridagi Shahid Rajai portida kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. Eron IIV voqeaga ehtiyotsizlik sabab bo‘lganini aytdi.
Portlash va yong‘in oqibatida 70 kishi halok bo‘ldi.