Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Eronda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Eronda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Eron hududida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarosi hujjatlar bilan bog‘liq muammo va og‘ir moliyaviy ahvol tufayli diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. Shundan so‘ng elchixona xodimlari zudlik bilan uning qaytarilishini tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rgan.

Eron rasmiylari bilan hamkorlikda xorijga chiqish vizasi rasmiylashtirilgan. Eronning «Zagros Air» aviakompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha Tehron–Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi uchun aviachipta imtiyozli shartlarda sotib olingan.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!