Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Eronda Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy bitiklari aniqlandi

A A A
Eronda Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy bitiklari aniqlandi

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Tursunali Qo‘ziyev va Toshkent viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Mansur Isroilovning Eron Islom Respublikasiga O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ko‘magida amalga oshirgan xizmat safari davomida Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy bitiklari topilgani ma’lum bo‘lgan. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar bermoqda.

“Eronning shimoli-g‘arbida Temuriylar davrining ko‘plab madaniy meros obidalari mavjud. Amir Temur Eronga tashrifi davomida Mashhad provinsiyasidagi Toyinobod shahrida shayx Abu Bakr Zayn-ul Obiddin Toyyibiniy bilan uchrashgan va u bilan do‘stlashib qolgan. Uzoq yillar davomida u bilan yozishib turgan. Ushbu do‘stlik hurmati Amir Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzo Toyinobod shahrida ajoyib masjid qurdiradi. Masjid bugungi kunga qadar saqlanib qolgan va ko‘plab allomalarimizning do‘stona munosabatlarini o‘zida muhrlagan. Shunisi diqqatga sazovorki, ko‘p hukmdorlar va taniqli arboblar bu masjidga kelib, namoz o‘qishni o‘zlari uchun sharaf deb bilishgan. Masjidning devorida yuqori martabali mehmonlar uchun hurmat devori bo‘lib, ularda mehmonlar o‘z tilaklari yoki bitiklarini yozib qoldirishgan. Ularni ko‘zdan kechirayotib, ajoyib yangilik – Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy bitiklarini kashf etdik”, - dedi T.Qo‘ziyev.

Eronda Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy bitiklari aniqlandi

Ta’kidlash joizki, Prezidentimizning 2021 yil 19 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovasion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5150-son Qarorida madaniy meros obektlarini restavrasiya qilishda Eron va Turkiya davlatlaridan malakali mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif qilish va ular ishtirokida asrashga doir ishlarni tashkil etish belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yilning mart oyida Eronga xizmat safari tashkil etildi.

Ma’lum qilinishicha, ayni damda ulug‘ allomalarimiz bitiklarini ilmiy jihatdan o‘rganishga doir ishlar olib borilmoqda.

Eronda Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy bitiklari aniqlandi

Kiritildi: 11:16 14.04.2022. O'qildi: 2821 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!