Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Eronda internet yana o‘chirildi

Eronda internet yana o‘chirildi

Internetga kirish huquqini himoya qiluvchi NetBlocks guruhining xabar berishicha, shanba kuni Eronda qisman tiklangan internet aloqasi yana “qulagan”. Bu haqda Associated Press ma’lum qildi.

Guruhning X ijtimoiy tarmog‘i orqali bildirishicha, internet o‘chirilishi “aholi qisqa fursat davomida tashqi dunyo bilan xabar almashganidan so‘ng” sodir bo‘lgan.

Associated Press’ning ta’kidlashicha, mamlakat bo‘ylab internet aloqasi bir necha kundan beri butunlay o‘chirilgan va bu holat eronliklarni tashqi dunyodan uzib qo‘ygan.

Eron hukumati internetni o‘chirishga sabab sifatida Isroil tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan kiberhujumlar haqidagi xavotirlarni keltirmoqda. Biroq ko‘plab eronliklar va faollar bu holatni axborot ustidan davlat nazoratining yana bir ko‘rinishi sifatida baholashmoqda.

Muxolifatdagi Iran International telekanali ham mamlakatda internetga kirish yana to‘silganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:55 21.06.2025. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!