Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eronda AQSh va Isroilga aloqador 55 kishi qo‘lga olindi

Eronda AQSh va Isroilga aloqador 55 kishi qo‘lga olindi

Eron hokimiyati janubiy Hormozgon viloyatida AQSh va Isroil bilan bog‘liq deb gumon qilingan 55 nafar shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Tesnim agentligi xabar berishicha, operasiya Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi razvedka bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan.

Ma’lumotda aytilishicha, “sionistik rejim va jinoiy Amerika bilan bog‘liq yollanma elementlar” deb baholangan 55 kishi aniqlanib, hibsga olingan.

Eron tomoni bu operasiyani mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi tarmoqlarga qarshi kurash doirasida amalga oshirilganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 20:54 17.03.2026. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!