AQSh Mudofaa vazirligi Eron yadro qurolini yaratish bo‘yicha faol qadamlar tashlayotganini tasdiqladi.
Bu haqda Arkanzas shtatidan respublikachi senator Tom Kotton X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
"Bugun Pit Xegset (Mudofaa vaziri) Eron yadro qurolini yaratish ustida faol ish olib borayotganini tasdiqladi. Milliy xavfsizligimiz, ittifoqchilarimiz va mintaqadagi millionlab tinch aholi xavfsizligi uchun bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", - deb yozadi nashr.
Eslatib o‘tamiz, 9 iyun kuni MAGATE bosh direktori Rafael Mariano Grossi o‘tgan yillarda antropogen uran zarralari topilgan uchta joy, shuningdek, ba’zi boshqa ob’ektlar Eron 2000 yillar boshida tugatgan “e’lon qilinmagan tuzilgan yadro dasturining bir qismi bo‘lganini” ma’lum qilgan edi. Grossining qayd etishicha, unda deklarasiya qilinmagan yadroviy materiallar ishlatilgan.