Eron yadroviy doktrinasini o‘zgartirish bo‘yicha hech qanday yangi qaror qabul qilmagan.
Bu haqda mamlakat Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhsin Rizoiy ma’lum qildi.
«Yadroviy doktrinani o‘zgartirish yuzasidan hech qanday yangi qaror qabul qilinmadi», — dedi Rizoiy.
Uning so‘zlarini Eronning IRIB davlat teleradiokompaniyasi keltirmoqda.