Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron yadro qurolini ishlab chiqishda davom etishi mumkin

Eron yadro qurolini ishlab chiqishda davom etishi mumkin

The New York Times nashrining yozishicha, agar Qo‘shma Shtatlar Eronning Fordodagi yer osti uran boyitish ob’ektiga zarba bersa yoki Isroil Eron oliy rahbari Xomanaiyni yo‘q qilsa, Tehron yadroviy qurol yaratishga kirishishi mumkin.

NBC News xabariga ko‘ra, Temir gumbaz havo mudofaasi tizimining samaradorligi sezilarli darajada kamaygan: so‘nggi 24 soat ichida Eron raketalarining atigi 65 foizi tutib olindi. Avvallari bu ko‘rsatkich 90 foizgacha bo‘lgan.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Eron bilan muzokaralar o‘tkazishni so‘ragan, biroq Tehron ularni rad etib, Isroil zarbalarini hisobga olsak, buning iloji yo‘qligini aytdi, dedi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi.

Kiritildi: 22:08 20.06.2025. O'qildi: 1408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!