Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron xavfsizlik kuchlari norozilik namoyishchilariga nisbatan o‘qotar qurollardan foydalangan

Eron xavfsizlik kuchlari norozilik namoyishchilariga nisbatan o‘qotar qurollardan foydalangan

Eron xavfsizlik kuchlari norozilik namoyishchilariga nisbatan o‘qotar qurollardan foydalangan — The Guardian.

Britaniya nashri Eronning yirik shaharlaridan biridagi kasalxonadan olingan 75 dan ortiq rentgen suratini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, rentgen natijalari ko‘z, yuz, bo‘yin, ko‘krak va bosh sohalariga otilgan 3–5 mm diametrli o‘qlardan jabrlangan odamlarga tegishli. Jabrlanganlardan biri tirik qolgan, lekin bir ko‘zidan ayrilgan.

O‘tgan yil dekabridan buyon Eron bo‘ylab norozilik namoyishlari davom etmoqda. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va o‘qotar quroldan foydalanib kelmoqda.

Kaliforniya universiteti tibbiyot professori Rohini Haar jarohatlarning soni va og‘irligini “daxshatli” deb baholagan. U yaqin masofadan otilgan o‘qlar o‘limga olib kelishi mumkinligini, uzoqroq masofadan otilganlari esa bir nechta odamni bir vaqtning o‘zida jarohatlay olishini ta’kidlagan.

The Guardian tahlilida keltirilishicha, turli yoshdagi 75 nafar jabrlanganlardan 29 nafari yuz sohasidan, kamida 9 nafari son va jinsiy a’zolari sohasidan jarohatlangan. Eron hukumati vaziyat bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.

Human Rights Activists News Agency agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, namoyishlar davomida kamida 7000 dan ortiq odam halok bo‘lgan va ularning aksariyatini namoyishchilar tashkil qiladi.

Kiritildi: Bugun 17:49. O'qildi: 213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!