Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Eron va O‘mon Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun doimiy to‘lov tizimini joriy etmoqchi

Eron va O‘mon Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun doimiy to‘lov tizimini joriy etmoqchi

Bu haqda Eronning Fransiyadagi elchisi Muhammad Amin-Nejad Bloomberg agentligiga ma’lum qildi.

"Eron va O‘mon Ho‘rmuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni ta’minlash hamda kemalar qatnovini eng samarali usulda tashkil etish uchun barcha resurslarini ishga solishi kerak. Bu muayyan xarajatlarni talab qiladi va undan foyda ko‘rishni istaydiganlar, tabiiyki, o‘z hissalarini qo‘shishlari kerak", — deya elchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.

Eron joriy yilning mart oyidan boshlab kemalarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz o‘tishi uchun haq olishni boshladi. Buning uchun maxsus muassasa tashkil etilgan bo‘lib, u yuk tashuvchi kompaniyalarga to‘lov bo‘yicha so‘rovlarni yuboradi.

Bloomberg'ning aniqlik kiritishicha, ba’zida bo‘g‘ozdan o‘tish uchun to‘lov 2 million dollargacha yetishi mumkin. 23 aprel kuni Eron rasmiylari ushbu tizim orqali ilk mablag‘lar kelib tushgani haqida hisobot bergan edi.

Kiritildi: Bugun 14:02. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!