Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron va Turkmaniston 900 million dollarlik hamkorlik bitimini imzoladi

Eron va Turkmaniston 900 million dollarlik hamkorlik bitimini imzoladi

“IRNA” xabariga ko‘ra, Eron va Turkmaniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning 17-yig‘ilishi yakunida bir necha kelishuv hujjati imzolandi.

Xususan, yo‘l qurilishi sohasida 550 million dollarlik, elektr tarmoqlari tizimini barpo etish va jihozlar o‘rnatishni nazarda tutuvchi 340 million dollarlik bitimlar kuchga kirdi.

Eron yo‘llar va shaharsozlik vaziri taklifi va Turkmaniston tomoni roziligi bilan kelasi yil noyabr oyida Tehronda qo‘shma komissiyaning 18-yig‘ilishini o‘tkazishga qaror qilindi.

Kiritildi: 17:47 20.11.2023. O'qildi: 934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!