Eng asosiy bandlar quyidagilardan iborat:
— Barcha frontlarda, jumladan Livanda ham urushni zudlik bilan va doimiy asosda to‘xtatish;
— AQSh va uning ittifoqchilari Eronni qayta tiklash uchun kamida 300 milliard dollarlik moliyaviy ko‘mak rejasini taklif qilishlari kerak;
— Vashington Tehronning ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatini oladi;
— Qo‘shma Shtatlar 30 kun ichida dengiz blokadasini to‘liq olib tashlaydi va Eronga tutash hududlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketadi;
— Ho‘rmuz bo‘g‘ozi 30 kun ichida Tehron talablariga rioya qilgan holda ochiladi;
— Eron nefti savdosi sanksiyalardan chiqariladi;
— Keyinchalik, 60 kun ichida tomonlar yadroviy masala bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishish uchun muzokaralar o‘tkazadilar;
— AQSh Eronning 24 milliard dollarlik aktivlarini muzlatishdan chiqarishi kerak;
— Eronning raketa dasturi va Tehronning mintaqadagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashi masalalari ehtimoliy kelishuv mavzulari qatoriga kirmaydi.