Agentlikning xabar berishicha, prezident Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Isroil Eronga hujum boshlaganidan keyin bir necha bor telefon orqali suhbatlashgan.
"Ular inqirozdan “diplomatik yo‘l bilan chiqish” imkoniyatini izlashgan, deb xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib.
Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Aroqchi Uitkoffga Isroil Eronga hujumlarini to‘xtatmaguncha Tehron “yadro kelishuvi” bo‘yicha muzokaralarga qaytmasligini aytgan.
Shuningdek, agar Vashington Isroilga bosim o‘tkazsa, Tehron “yadro masalasida” ayrim murosalarga tayyorligini bildirgan.