Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Eron o‘z yadroviy ob’ektlari ustidan xalqaro nazorat o‘rnatilishiga rozilik berdi

Eron o‘z yadroviy ob’ektlari ustidan xalqaro nazorat o‘rnatilishiga rozilik berdi

Tehron va Vashington bo‘lajak bitimning ko‘plab masalalarini kelishib oldi, uning doirasida Eron yadroviy ob’ektlari ustidan xalqaro nazorat o‘rnatilishiga prinsipial jihatdan rozi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.

Manbalarga ko‘ra, Tehron ushbu ob’ektlar demontaj qilinishining oldini olish maqsadida shunday qarorga kelgan. Shuningdek, Eron o‘z boyitilgan uranini Qo‘shma Shtatlarga topshirilmaslik sharti bilan Xitoyga olib chiqishni ma’qullagan. Ayni paytda, Eron tomonidan bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

"AQSh Erondan yadroviy qurolga ega bo‘lish istagidan rasman voz kechishni, mamlakatdagi yadroviy ob’ektlarni demontaj qilishni, shuningdek, uranni boyitishga qo‘yilgan moratoriyga rioya qilishni talab qilmoqda", deb yozadi The Wall Street Journal yuqori martabali amerikalik amaldorlarga tayanib.

Nashrning qayd etishicha, talablar orasida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) inspektorlarining vakolatlarini kengaytirish, jumladan, yadroviy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday obektga kirish huquqini berish ham bor. Eng maqbul variant sifatida Eronda doimiy inspeksiya missiyasini tashkil etish ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, Tramp ma’muriyati to‘liq shaffoflikni talab qilmoqda. MAGATE nazorat uzluksizligini tiklay olishi uchun Tehron o‘zining o‘tmishdagi yadroviy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishi kerak.

Kiritildi: Bugun 12:02. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!