Eron AQSh bilan muzokaralarni ataylab cho‘zib, prezident Donald Trampning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlaridan oldin siyosiy mavqeini mustahkamlashiga to‘sqinlik qilmoqda.
Bu haqda Reutersga Eronning yuqori lavozimdagi uch amaldori va vaziyatdan xabardor yana bir manba ma’lum qilgan.
Tehron Trampga diplomatik g‘alabani e’lon qilish imkonini bermoqchi emas. Eron, shuningdek, AQSh va Isroil zarbalari qayta boshlanishi mumkinligiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Muzokaralardagi asosiy kelishmovchilik — qadamlarni qaysi tartibda amalga oshirish masalasida.
Vashington muzokaralarni Eronning yadroviy dasturidan boshlashni talab qilmoqda. Tehron esa avval o‘zining «etti kunlik rejasi» shartlari bajarilishini istamoqda. Ular orasida dengiz blokadasini bekor qilish, Eron neftini eksport qilishga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatish, muzlatilgan aktivlarni ochish va barcha frontlarda harbiy harakatlarni to‘xtatish bor.