Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron TIV rahbari: YEI va Buyuk Britaniyaning kelajakdagi muzokaralarda ishtiroki o‘z dolzarbligini yo‘qotadi

Eron TIV rahbari: YEI va Buyuk Britaniyaning kelajakdagi muzokaralarda ishtiroki o‘z dolzarbligini yo‘qotadi

Agar Yevropa davlatlari Tehrondan tinch yadro dasturini rivojlantirish huquqidan voz kechishni talab qilishda davom etsa, Eron ular bilan olib boriladigan muzokaralarni foydasiz deb hisoblaydi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ma’lum qildi

“Agar YEI tashqi siyosat rahbari Kaya Kallas kelajakdagi har qanday muzokaralarning maqsadi “Eron yadro dasturini to‘xtatish” ekaniga ishonsa, u holda YEI va Buyuk Britaniyaning kelajakdagi muzokaralarda ishtiroki o‘z dolzarbligini yo‘qotadi va ma’nosiz bo‘lib qoladi”, deya ta’kidladi Aroqchi.

U shu tarzda Kallasning Eron yadro dasturini “to‘xtatish” bo‘yicha muzokaralarni iloji boricha tezroq qayta boshlash zarurligi haqidagi bayonotlariga munosabat bildirgan.

Eronlik diplomatning ta’kidlashicha, Kallasning bayonotlaridan kelib chiqadiki, endi u uchun Yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasi (YAQTSh)ga qo‘shilgan barcha mamlakatlarning tinch atom energiyasini rivojlantirish huquqi to‘g‘risidagi qoidalari ham, yadro bitimining o‘zi va u bilan bog‘liq BMT Xavfsizlik Kengashining 2231-sonli rezolyusiyasi ham ahamiyatsiz bo‘lib qolgan.

2025 yilda Eronning AQSh bilan olib borgan besh bosqichli muzokaralari Isroilning Islom respublikasiga qarshi harbiy operasiyasi boshlanishi va AQSh Qurolli Kuchlarining Eron yadro ob’ektlariga zarbalari tufayli natijasiz yakunlandi. Shu bilan birga, Tehron bilan Eron atomi bo‘yicha yangi kelishuv tuzishda vositachilik qila olmagan Yevropa uchligi (Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya) vakillari ham muzokaralar olib bordi.

Kiritildi: 04:30 05.07.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!