Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron TIV bayonoti: "Ali Xomanaiyning o‘ldirilishi — AQSh va Isroil tomonidan sodir etilgan terrorchilik harakati"

Eron TIV bayonoti: "Ali Xomanaiyning o‘ldirilishi — AQSh va Isroil tomonidan sodir etilgan terrorchilik harakati"

Eron Tashqi ishlar vazirligi amerikaliklar va isroilliklar tomonidan Eron Oliy rahbari Ali Xomanaiyning o‘ldirilishi terrorchilik harakati hamda barcha tamoyil va me’yorlarning buzilishi ekanini ma’lum qildi.

"AQSh va sionistik rejim tomonidan Oliy rahbarni, shuningdek, mamlakatning boshqa yuqori lavozimli shaxslarini o‘ldirish maqsadida amalga oshirilgan terrorchilik harakati hududiy yaxlitlik va milliy suverenitetga qarshi harbiy tajovuz sifatida barcha tamoyil va me’yorlarga qilingan misli ko‘rilmagan tajovuzdir", — deyiladi bayonotda.

Amerikaliklar va isroilliklar xalqaro huquqni hamda BMT Nizomining asosiy tamoyillarini buzgani alohida ta’kidlangan.

Kiritildi: Bugun 15:34. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!